Kursy.uz

Toshkentdagi barcha kurslar va o‘quv markazlari
O'zbek   Русский


Miracle Academy - o'quv markazi

1 Filiali Manzili
Oasis savdo markazi, 2-qavat, Farhod bozori qarshisida
2 Filiali Manzili
"Miracle" binosi, 3-qavat. Mo'ljal "Rayhon" kafesi"
Markazni baholash
★★★★
Do‘stlarga tavsiya etish

ARAB TILI

O'z davrining kishisi bo'lish muhim o'zgarishlardan xabardor bo'lish bilan tengdir. So'nggi o'n yil ichida Yaqin Sharq o'z madaniyati va tarixining boyligi bilan barchani o'ziga jalb etib kelmoqda. Shu sababli, arab tilini o'rganish kundan-kunga dolzarb bo'lib bormoqda.

Arab tilini puxta o'zlashtirgan holda, siz ushbu til asosiy tili hisoblangan mamlakatlarda bemalol gaplashishingiz, buyuk arab shoirlarining adabiyoti bilan tanishishingiz va ona tilida so'zlashuvchilarning falsafasini tushunisha olishingiz mumkin – axir Sharq doimo o’zida istiqomat qiluvchi xalqlarning tafakkuri va idroki bilan mashhur hisoblanib kelgan.

Afrikaning va Yaqin Sharqning ko'plab davlatlari, Arab davlatlari Ligasi mamlakatlari aholisi arab tilida gaplashadilar va undan suhbat va muzokaralar uchun foydalanadilar, bu esa qariyb 240 million kishini tashkil etadi. Ushbu go'zal tilni puxta o'rganib, siz boshqa tillarni, masalan, fors va afg'on tillarini tushunishingiz mumkin.

Eng qadimgi tilni o'rganishning maqsadi har kim uchun mutlaqo o’zgacha bo'lishi mumkin, ammo shunga qaramay, arab tili hayotning ko'plab jabhalarida - turizm tajribasi, arab mamlakatlarida biznes yuritish uchun ham foydali bo'lishi mumkinligini inkor etib bo’lmaydi.

Arab tilini o'rganishda qanday g'ayrat ko'rsatganingizdan qat'iy nazar, maqsadingizga erishishdagi birinchi muhim qadam bu Toshkentdagi o'quv markazlari, aniqrog'i mavjud bo’lgan va taklif etilayotgan arab tili kurslarini tanlash hisobladi. Agar siz butun oilangiz bilan, ya'ni kichikdan tortib, kattagacha o'rganishga qaror qilgan bo’lsangiz, tanlovni bolalar uchun arab tilini o’rgatish kurslari mavjud bo’lgan o'quv markazlarigacha qisqartirishingiz lozim bo’ladi.

Demak, sizda sayyoramizdagi eng qadimgi tillardan biri hisoblangan tilni o'rganish istagi tug’ildi. U holda, sizga arab tilining boshlang’ich kurslari kerak bo’ladi. Birinchi qadam – kompyuterga murojaat qilishingiz va arab tilini o’qituvchi o'quv markazlarini izlashingiz lozim. Muhimi o’quv markazini diqqat bilan tanlash kerak. Birinchidan, Toshkentda barcha zaruriy ma'lumotlarni – ya’ni kursa o'quv jarayonining batafsil tavsifi va u uchun tanlangan usullaridan tortib, o'qituvchining malakasi haqida batafsil va ochiq tarzda ishlashini ko’rsatuvchi ma’lumotlarga e'tibor bering. Nazariya va amaliyotni to'g'ri taqsimlash juda muhim – chunki siz u yerga tilni o'rganish uchun borasiz. Shunday ekan, dars davomida olgan bilimlaringizni to'g'ridan-to'g'ri darsning o'zidayoq qo'llash kerak. Bundan tashqari, agar siz guruh mashg'ulotlarini afzal ko'rsangiz, guruhdagi o’quvchilar sonini belgilash muhimdir – guruhda 10 kishi yoki undan ortiqni tashkil etsa, darslar samarasiz bo’ladi. Bundan tashqari, boshqa omillar ham bor: bu narx – past bo’lgan narxlar biroz o’ylantirib qo’yadi – chunki o'qituvchilarning professionalligi, ularning tajribasi va bilimlari arzon bo'lishi mumkin emas; shu bilan birga, kursning davomiyligi - tavsiya etilgan arab tili kurslari mashg'ulotlarining davomiylik soatlarini bilish kerak, qisqa dasturlardan uzoq va xushyor bo’lish lozim. Va eng asosiysi, siz tanlagan o'quv markazi kurslarini o’qib tugatganlar tomonidan taqdim etilgan ijobiy fikr va izohlar mavjud bo’lishi zarur.

Tasvir (1)

Sharhlar 

arab tiliAbdumajid 27.12.2019 18:21
sinab ko'rish kerak
| Manbalardan sitata keltirish

Sharhga qo‘shimcha qo‘shish


Защитный код
Yangilash


Siz bu yerdasiz: Barcha o‘quv markazlari Chet tillari bo‘yicha kurslar Arab Miracle Academy - o'quv markazi