Miracle Academy - o'quv markazi
INGLIZ TILI
Ingliz tilini o'rganish juda muhimdir, ayniqsa hozirgi vaqtda ushbu til xalqaro miqyosda tan olinib, uni o'rganish zamonaviy insonning ajralmas ish faoliyati qismiga aylanib bormoqda - ingliz tilini bilish orqali yuqori martaba pog'onalariga ko'tarilish, sayohat qilish, zamonaviy texnologiyalar bilan o'zaro aloqada bo'lish oson kechadi. Yaqqol bilinuvchi foyda bilan birga, bir qator qo'shimcha "yaxshi tomonlari" mavjud - bu tushinish qobiliyatining yaxshilanishi, xotira va tasavvurning rivojlanishi, stress holatlariga bardoshlilik va o'z-o'zini tarbiyalashni rivojlanishini ta’minlaydi. Sir emaski, bolalarga ingliz tili o'ziga xos mevalarini beradi – barcha qoidalar tezroq o'rganiladi, nutq talaffuzini oshirish yengilroq bo'ladi. Mutaxassislarning fikriga ko'ra, 1,5 dan 9 yoshgacha bo'lgan davrda ma'lumotlarni qabul qilish faol va samarali ravishda amalga oshiriladi. Bu esa o’z o’rnida – miyada aniq nutq qobiliyatlari shakllanadigan va xorijiy nutq tovushini yaxshiroq idrok etadigan davr hisoblanadi.
Ushbu davrda, nutq qobiliyatiga javob beradigan miya qismlari ancha moslashuvchan bo'lib qoladi, shuning uchun bizning o'quv markazimizdagi ingliz tili kurslari yoshning barcha xususiyatlarini hisobga olgan holda dasturni individual ravishda tanlab, ingliz tilini o'rganish jarayonini yengillashtiradi. Toshkentdagi ko'plab o'quv markazlari har qanday yoshdagi o'quvchilar guruhlariga bir xil o'qitish uslubini qo'llagan holda individual tarzda yondashuvdan foydalanishmaydi.
Ko'pincha, Toshkentdagi o'quv markazlari kattalar va bolalar uchun tillarni o'rganish dasturlarini taklif qilishadi va boshlang'ich bosqichda gapirish va audio materiallarini tinglashdan foydalanishni bekor qilishadi. Bizning o'quv markazimiz, o'z navbatida, Toshkent shahrida ingliz tili kurslarini taklif etadi, bu esa nazariya va amaliyotning bir paytning o’zida teng taqsimlovchi innovatsion usuldan foydalanishi natijasida – barcha iboralar, so'zlar va so'z birikmalari darsning o’zidayoq qo'llaniladi. Birinchi darsdayoq, bolalar va kattalar ikkilanmasdan gapirishni o'rganishadi va ingliz tilidagi matnlarni o'qish jarayonida hamda turli xil dialoglarni tinglashda ega bo’lgan bilimlaridan foydalanishadi.
Ham kattalar ham bolalar uchun ingliz tili, yuqorida aytib o'tilganlardan tashqari, har qanday tilda eng muhim modullarning rivojlanishini muvaffaqiyatli birlashtiradi - bu to'g'ri talaffuz, to’gri tuzilgan va bog’langan gaplar, suhbatni davom ettira olish va zarur kundalik masalalarni – ya’ni kafe yoki restoranda ovqat buyurtma qilish, mehmonxonada xonani bron qilish va boshqa ko'p holatlarni hal etish qobiliyatini oshiradi. Biz sizga ingliz tilini noldan yoki eng muhim imtihonlarga tayyorlanishdan o'rgatib boramiz va siz bilan birga o'qiymiz – istalgan darajadan va barcha yoshdagilar uchun barchani o’qishga qabul qilamiz! Biz sizga Toshkentdagi eng yaxshi kurslarni, xususan, Toshkentdagi eng yaxshi ingliz tili kurslarini taklif etamiz!