Баннер


Endi “Jahon Study” “Zakovat” ko’rsatuvida va “Zakovat” “Jahon Study” auditoriyalarida!

Habaringiz bor, “Jahon Study” nodavlat ta’lim muassasasi “Zakovat” intellektual ko’rsatuvining chorak final boshqichidan final bosqichiga qadar o’tkaziladigan o’yinlarga homiylik qilmoqda. Endilikda “Jahon Study” NTM bu hamkorlikni kengaytirish maqsadida bir qator yangi loyihalarni ishga tushirmoqda.


Sizga shuni mamnuniyat bilan e’lon qilamizki, o’quv markazimiz oktabr oyidan boshlab o’z filiallaridan birida har yakshanba kunlari “Nima? Qayerda? Qachon?” turkumidagi intellektual o’yinlar bo’yicha treyning va mashg’ulotlar o’tkazishni rejalashtirmoqda.

Mashg’ulotda 1 daqiqalik treyning savollari, ba’zi “Zakovat” bilimdonlaridan seminarlar, Zakovat televizion o’yinida ishtirok etish bo’yicha instruksiyalar va boshqa bir qator foydali ruknlar joy olgan. Bu loyihadan asosiy maqsad mashg’ulotlardan tanlab olingan salohiyatli bilimdonlardan “Jahon Study” jamoasini tashkil qilish va kelasi yili Yanvar oyidan boshlanadigan Oliy Liganing televizion bosqichiga olib chiqishdan iborat.

Eslatib o’tamiz Oliy Liga yo’llanmasini qo’lga kiritish uchun jamoa avval “Zakovat”ning saralash baxslarida muvaffaqiyatli qatnashib 40ta jamoa orasidan birinchi beshtalikka kirishi yoki har yili o’tkaziladigan Zakovat festivalida birinchi 3 talikka kirishi zarur.

Loyihada qatnashish bilan bog’liq harajatlar o’quv markaz tomonidan qoplanadi va ishtirokchilarni qo’shimcha promo mahsulotlar (futbolka, bloknot, ruchka) bilan ta’minlashni o’z zimmasiga oladi.

"Учебный центр "JahonStudy" - спонсирует интеллектуальную игру "Заковат". Игра транслируется каждый день на канале "Узбекистан" в 21:00 "



Поделись с друзьями этой новостью в соцсетях!



Вернуться в Новости учебных центров